O'zbekiston

Borib ko‘rish shart bo‘lgan 5 shahar

Ularning ikkitasi O‘zbekistonda.

Borib ko‘rish shart bo‘lgan 5 shahar

 

Turkiyaning ommabop www.tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor Ilber O‘rtaylining "Ko‘rmasdan turib hayotdan o‘tmang" (Görmeden ölmeyin) sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.

 

Maqolada inson hayoti davomida borib ko‘rishi shart bo‘lgan dunyodagi beshta shahar haqida maʼlumot berib o‘tgan. Eʼtiborlisi, turk tarixchisi tuzgan ro‘yxatda O‘zbekistonning ikkita shahri – Samarqand va Buxoro kiritilgan.

 

Materialda jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan qadimiy shaharlardan biri — Samarqand 2001 yilda YUNESKO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani taʼkidlangan.

 

"Shaharning muhtasham inshootlari, muzeylari, masjid va madrasalari har qanday didi nozik sayyohni ham hayratga soladi, – deb yozadi muallif. — Ming yillar davomida forslar, arablar va turkiy qavmlar hukmronligi ostida bo‘lgan Samarqand o‘ziga xos madaniyatlar chorrahasini o‘zida ifodalagan”.

 

Professor Ilber O‘rtayli o‘z maqolasida Buxoro shahrini ham alohida eʼtirof etgan.

 

"O‘zbekistonning eng muhim madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroning har go‘shasidan tarix ifori ufurib turibdi. Makka va Quddusdan keyin eng muhim islom markazlaridan biri bo‘lgan ushbu qadimiy kent meʼmoriy inshootlari, karvonsaroylari, masjid va madrasalari bilan ziyoratchilarni kutmoqda", – deb yozadi u.

 

Maqolada Florensiya, Rim va Quddus shaharlarini ham borib ko‘rish tavsiya etilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Borib ko‘rish shart bo‘lgan 5 shahar | Zamon.uz