Garri va Megan yana mojarolar orasida qolishi mumkin
16 oy ichida ular Netflix uchun hech narsa taqdim etmagan.

Amerikaning Netflix kompaniyasi va Shvesiyaning Spotify internet-xizmati sobiq qirollik juftligidan norozi. 120 million dollardan ortiq summaga shartnoma imzolagan Garri va Megan Markl o‘tgan davrda deyarli hech qanday ish qilmagan.
Jumladan, Britaniya qirollik oilasi a’zolari doimiy ravishda eksklyuziv kontent yaratishi, hujjatli va animasion filmlar, podkastlar ustida ishlashi kerak edi.
Ikkala kompaniya bir-biridan mustaqil ravishda Garri va Megan Marklga va’da qilingan kontent yaratish uchun yordamchi kerakligi haqidagi e’lon qildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, kompaniyalar shu yo‘l bilan shahzoda va uning rafiqasiga bosim o‘tkazib, shartnomani bajarishga majburlamoqchi. Agar bu usul ish bermasa, yana bir katta mojaro kelib chiqishi mumkin.








