Los-Anjelesda yuk poyezdlaridan o‘nlab qurollar o‘g‘irlandi
So‘nggi paytlarda Los-Anjelesda poyezd qaroqchilari ko‘paygan.

Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Maykl Mur InsiderPaper‘ga xabar qildi.
"Jinoyatchilar konteynerlarni buzib o‘nlab qurollarni o‘g‘irlagan", — deydi politsiya boshlig‘i.
Union Pacific kompaniyasi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar poyezdlar to‘xtashini kutib turadi va konteynerlarni buzib, ichidagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketadi.







