O'zbekiston

Olisdagi turfa taqdirlarni tutashtirgan baxt

O‘zbekistonlik qizni sevib qolgan gollandiyalik kuyov yurtimizda qolishni lozim topdi.

Olisdagi turfa taqdirlarni tutashtirgan baxt

 

Gulsara Ashurova o‘zining o‘zbekona lutfi, chiroyi, odobi bilan xorijlik erkakning yuragini zabt etdi. Qolaversa, uning muhabbati turmush o‘rtog‘ini O‘zbekistonda qolishiga sababchi bo‘ldi.

 

— Men asli buxorolikman. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab ajrashib ketganmiz. Undan bir o‘g‘lim bor. Ikkinchi turmush o‘rtog‘im gollandiyalik George bilan 2020 yil tanishdik. Meni talabalar shaharchasida kichkinagina “atelye” ochgan edim. Uni yana-da kengaytirish maqsadida yurist maslahatiga borganman. Yurist oldiga George ham biznes ochish uchun kelgan bo‘lgan. Biz o‘sha yerda tanishib qolganmiz. Keyinchalik biznes masalasida savollar bilan murojaat qildim. Ish yuzasidan ko‘rishib, uchrashib turdik. 2021 yil ular meni "qo‘limni so‘radi". Unga musulmon ekanligimni aytgan. Ular esa musulmon diniga qiziqishlari baland ekani va hurmat qilishini aytgan. Turmush o‘rtog‘im meni olib ketaman demadi, aksincha, shu yerda qolaman, dedi. Shundan so‘ng taklifiga rozi bo‘lganman. Ularga O‘zbekistonning muhiti, madaniyati, milliy taomlari va mehmondo‘stligi yoqadi. Biz oilada ingliz tilida gaplashamiz. Hozirda turmush o‘rtog‘im o‘zbek tilini o‘rganyapti.

 

George Sholte, Gulsara Ashurovaning turmush o‘rtog‘i

— Menga o‘zbeklarning urf-odati, turmush-tarzi juda yoqdi. O‘zbek adabiyotiga qiziqishim yuqori. Shu sabab, Gollandiyaga ketmay, shu yerda qolishga qaror qildim. Ota-onam Ispaniyada yashaydi. Ularga shu yerda uylanishimni aytdim. Avvaliga ular hayron qolishdi. So‘ng baxt tilashdi.

Gulsaraning uyiga o‘zim sovchi bo‘lib bordim. Otasidan qo‘lini so‘raganimda musulmon dinini qabul qilsamgina rozi bo‘lishini bildirdi. Gulsaraga bo‘lgan sevgim sabab musulmon dinini qabul qildim. Menga o‘zbekcha Jo‘ravoy degan ism berishdi. Biz nikoh o‘qitib, oila qurdik.

O‘zbek milliy taomlarni pishirish yoqadi. Hozirda buni o‘rganyapman. Biz baxtlimiz.

 

Bugun bu yosh oila millati va hayot tarzi boshqa-boshqa bo‘lsa-da, oila deb atalmish qo‘rg‘onni muqaddas bilib, baxtli hayot kechirmoqda.

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Olisdagi turfa taqdirlarni tutashtirgan baxt | Zamon.uz