Sog’liqni saqlash vazirligi tugatiladimi?
Prezident Behzod Musayevga ogohlantirish berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev tizimni epaqaga keltirolmasa, mamlakatda bu vazirlikni yopishga to‘g‘ri kelib qolishi haqida videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Vazir bironta shifoxonaning “glav vrach”ini tanimasdi. Toshkentdagini tanirdi, Andijon Qoraqalpog‘istondagini tanimasdi. Sen hammani tanishing kerak, qishloq shifokorlik punktini ham tanishing kerak. Mahallaga tushdikku. Qishloq vrachlik punkti sening mahallang. Birlamchi bo‘g‘inga tushish kerak.
Sen ham buni eplolmasang, O‘zbekistonda tibbiyotni hech kim eplolmas ekan. Yopishimiz kerak bu vazirlikni”, degan davlat rahbari.








