Bugun respublikada qanday ob-havo kuzatiladi?
O’zgidromet 30-yanvar kungi ob-havo prognozini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoldan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–10 darajagacha iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7–9 darajagacha iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.








