O'zbekiston

O’zbekistonda Yagona tergov axborot tizimi ishga tushiriladi

Bu orqali idoralararo elektron hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

O’zbekistonda Yagona tergov axborot tizimi ishga tushiriladi


28-yanvar kuni Prezidentning “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari bo‘yicha “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi (Yagona tergov axborot tizimi) joriy etiladi.

 

Yagona tergov axborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

 

Ichki ishlar vazirligi;
Bosh prokuratura;
Davlat xavfsizlik xizmati;
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi;
Davlat bojxona qo‘mitasi;
Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari.

 

Yagona tergov axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan integrasiyalashuvi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun Bosh prokuratura mas’ul hisoblanadi.

 

Qaror bilan Yagona tergov axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Shunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud ma’lumotlar surishtiruv va tergov organlarining elektron so‘rovi bo‘yicha bepul asosda taqdim etiladi.

 

Qarorga muvofiq, Majburiy ijro byurosining 2022-yil 1-maydan Yagona tergov axborot tizimi sinov versiyasi, 2022-yil 1-avgustdan to‘liq versiyasi ishga tushiriladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O’zbekistonda Yagona tergov axborot tizimi ishga tushiriladi | Zamon.uz