Qor bo‘roni sabab AQSHda o‘n minglab odamlar elektr tokisiz qoldi
Shuningdek, Nyu-Yorkda favqulodda holat joriy qilingan.

Qor bo‘roni tufayli AQSHning sharqiy sohilidagi bir necha minglab odamlar elektr tokisiz qoldi. Bu haqda NBC News xabar qilmoqda.
PowerOutage.us sayti ma’lumotiga ko‘ra, Massachusets shtatida 96 mingdan ortiq odam chiroqsiz qolgan. Boshqa hududlarda ham elektr ta’minoti to‘xtashi kutilmoqda.
Massachusets, Merilend, Nyu-Jersi, Nyu-York va Ron-Aylend shtatlarida favqulodda holat joriy etilgan. Hukumat odamlardan zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda.
FlightEware ma’lumotiga ko‘ra, 4500 dan ortiq reyslar bekor qilingan.
Nyu-Yorkda qor qatlami 15 smga yetgan. Sinoptiklar Massachusets shtatining ayrim joylarida qor qalinligi 60 cm qalinlikkacha yetishi mumkinligini aytishmoqda.








