Tramp prezident etib saylansa, Xitoyni "qiynamoqchi"
Sobiq prezident Pekinni yana bir bor koronavirus tarqalishida aybladi

Tramp qayta prezident bo‘lsa, Xitoydan katta miqdorda tovon talab qilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Texasdagi tarafdorlari oldidagi chiqishida aytib o‘tdi.
"Biz Xitoyni virus (koronavirus) tarqalib ketgani uchun javobgarlikka tortamiz. Ular bizning aziyat chekkanimiz uchun trillionlab dollar tovon to‘laydi", — degan siyosatchi.
Sobiq prezident, shuningdek, Oq uyga qaytgudek bo‘lsa, AQSH janubiy chegarasida devor qurishni davom ettirishini, uni uch hafta ichida tugallanishini ta’kidlagan.
Avvalroq Tramp Eron yadro dasturini tezlashtirishda ayblangandi.
Jahongir Qo'ziyev








