AQSHning eng go‘zal ayollaridan biri o‘z joniga qasd qildi
U butun mol-mulkini onasiga vasiyat qilib qoldirgan.

“AQSH go‘zali-2019” tanlovi g‘olibi Cheslmi Krist Nyu-Yorkda o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Kristning tanasi yakshanba kuni o‘zi yashaydigan uy yaqinidagi ko‘chadan topilgan. Unda balandlikdan sakrashdan halok bo‘lish alomatlari aniqlangan.
Marhum o‘limi oldidan qoldirgan maktubida barcha mulkini onasi nomiga o‘tkazib berishni so‘ragan.
Krist Michigan Shtatida tug‘ilgan. 2019 yilda u AQSHning eng go‘zal ayoli deb topilgan.







