Onasi ayiq qafasiga tashlagan qizchaga bog’ ma’muriyati imtiyoz berdi
Endi qizcha va uning akasi bog’ga bir umr bepul kirishi mumkin.

Qizaloq kasalxonaga olib borilganidan so’ng Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi bo‘limiga joylangan edi. U yerda bir kunini o‘tkazib, keyin intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilgan.
“Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg‘un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko’rigi o’tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz”, – degan davolovchi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Tohirovich Nasimov.
Hozirda 3 yashar qizchaning ahvoli yaxshi, u hamshiralarga she’rlar aytib, ularning ko‘nglini ko‘tarmoqda. Ma’muriyat tomonidan qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi.








