O'zbekiston

Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy muddatda kuchga kiradi.

Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

 

“O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi Kodeksda belgilandi. 

 

Kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun ruhsatnoma olish talabi bekor qilinganligiga oid o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Ruhsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.

 

Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi, unga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"