“Tolibon” ilk bor ayollarni rahbarlikka tayinladi
Ayollar masalasi "Tolibon" oldida turgan eng dolzarb muammo. Harakatning bu sohadagi siyosati jahon hamjamiyati tanqidlariga sabab bo‘lib kelmoqda.

"Tolibon" ilk bor ayollarni rahbarlik lavozimiga qo‘ydi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, vaqtinchalik hukumat buyrug‘i bilan doktor Malalay Rahim Kobuldagi "Malalay" tug‘ruqxonasi direktori etib tayinlangan. Shuningdek, oliy taʼlim vaziri taklifiga binoan, doktor Arian "Shahrar" klinikasi rahbari bo‘lgan.
Ayollar masalasi "Tolibon" oldida turgan eng dolzarb muammo. Harakatning bu sohadagi siyosati jahon hamjamiyati tanqidlariga sabab bo‘lib kelmoqda. Hozirda afg‘on hukumati tarkibida birorta ayol yo‘q.
Avvalroq Yangi zelandiyalik jurnalist o‘z xohishi bilan Afg‘onistonga qaytgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







