Insoniyat go'sht iste'molini kamaytirishi kerak
Go'sht ishlab chiqarish atmosferadagi zaharli gaz miqdorini oshirmoqda.

Olimlarning fikricha, insoniyat go'sht iste'molini kamaytirishi kerak, chunki uning ishlab chiqarilishi global isishni sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin.
Olimlarning aniqlashicha, 15 yil davomida go‘shtdan bosqichma-bosqich voz kechish dunyo bo‘ylab metan emissiyasining uchdan bir qismini va azot oksidi chiqindilarining uchdan ikki qismini yo‘q qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, chorvachilik mahsulotlari iste'moli kamaytirilsa, yaqin 20-50 yil ichida dunyo ijobiy natijaga erishadi. Ya'ni bu davr iqlim uchun juda muhimdir. Bugungi kunda har yili atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlarining qariyb 16 foizi chorvachilikka to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Shvesiya ko'chalarni tozalashda noodatiy usuldan foydalanmoqchi ekani xabar qilingan edi.








