Iroqda 600 dan ortiq askar qoldiqlari topildi
Ular 30 yildan ortiq bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan.
Iroqda Eron-Iroq urushida bedarak yo‘qolgan 629 askarning qoldiqlari topildi. Bu haqda Iroq Qizil Yarimoy jamiyati maʼlum qildi.
Tashkilot ularning ro‘yxatini Iroq mudofaa vazirligi huzuridagi huzuridagi inson huquqlari boshqarmasi bilan hamkorlikda eʼlon qilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, askarlarning qoldiqlari Basra viloyatida ularning qarindoshlariga topshiriladi.
Ushbu qoldiqlar qayerda topilgani haqida hech narsa deyilmagan.
Maʼlumot o‘rnida: Eron-Iroq urushi 1980-1988 yillarda davom etgan. Hozirga qadar urushda qancha inson halok bo‘lgani haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas.
Avvalroq Iroqda ISHID xavfi yuqori ekanligi to‘g‘risida xabar qilingandi.







