Uzbekistan Airways Express bagaj normasini 23 kilogrammgacha oshirdi
Uzbekistan Airways Express‘ning "to‘liq ekonom" formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 1 fevraldan 15 kg/158 smdan 23 kg/158 sm gacha oshirildi.

Endilikda aviachipta xarid qilingan sanadan qatʼiy nazar yo‘lovchilar «to‘liq ekonom» formatida 23 kg.gacha yuk olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu qatnovlarda qo‘l yuki normasi o‘zgarmay qolgan — 5 kg/115 sm gacha.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.







