O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir
Rossiyadagi o‘zbek fuqarosi xorazmliklarni haqoratladi.

"XORAZM ONLINE” You Tube ijtimoiy kanalida nomaʼlum shaxs yurtimiz aholisiga nisbatan haqoratomuz gaplar bilan murojaat qilgan videolavha joylashtirilgan.
Bunga javoban, jamoatchilik faoli A.Avezov, ushbu fuqaro aniqlanib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
O‘rganish natijasida, milliy shaʼn va inson qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan mazkur videolavhani tayyorlagan shaxs 1986 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi M.A. ekanligi hamda o‘tgan yilning may oyidan buyon Rossiya Federatsiyasida yashab kelayotgani aniqlangan.
Ushbu videolavhada milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish hamda aholi guruhlari o‘rtasida nifoq keltirib chiqarish maqsadi bo‘lganligini inobatga olgan holda M.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun "Sudga oid siyosatshunoslik va lingvistika" ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, shaxsning harakatlariga huquqiy baho berilib, jamoatchilikka eʼlon qilinadi.







