O'zbekiston

"Yangi O‘zbekiston" bog‘i yopildi

Ushbu bog‘ning qurilish ishlari o‘tgan yilning may oyida boshlangan.

"Yangi O‘zbekiston" bog‘i yopildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining yo‘laklaridagi cho‘kishlar, yoriqlar yuzaga kelgani va bog‘ning markazida qad rostlagan “Istiqlol” majmuasiga zarar yetgani aks etgan fotolavhalar tarqaldi. 

 

Maʼlumot uchun: “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Mustaqiligimizning 30 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan bo‘lib, uning tantanali ochilish marosimi 31 avgust kuni o‘tkazilgan. Bog‘ning dizayni ulkan daraxtning besh novdasini aks ettiradi. Shuningdek, unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk merosi, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan. 

 

Internet tarmoqlarida tarqalgan holat yuzasidan borganimizda, bog‘ yopilganiga guvoh bo‘ldik. 

Bu hududda o‘rnatilgan yangi yil archasi va bezaklar olingandan so‘ng tozalash ishlari bilan bog‘liqligi maʼlum qilindi. 

 

—  O‘ninchi yanvardan beri bog‘ yopiq, ichkarida faqat tozalov ishlari bo‘lyapti. Buzilgan joylar yoki ularni tuzatish haqida eshitmadik biz, dedi bog‘ qo‘riqlash xizmati xodimi. 

 

Bog‘ atrofini tozalovchi farrosh ayoldan vaziyat haqida so‘raganimizda, u bunday holatga ko‘zi tushmagani, bog‘ning tozalash ishlari uchun yopilgani va qayta rekonstruksiya ishlari haqida maʼlumoti yo‘qligini aytdi.

 

— Yer cho‘kib qolgan joylar bor, ammo uni joyida to‘g‘rilab ketishadi. Lekin men monumentning ranglari ko‘chib tushayotgani haqida bilmayman. Eshitmadim, deydi farrosh ayol. 

 

Muhokamalarga sabab bo‘layotgan vaziyatga oydinlik kiritish va masʼullardan maʼlumot olish uchun Toshkent shahar hokimligi bilan bog‘landik. Rasmiylar bog‘ning bugungi muhokamaga sabab bo‘layotgan ahvoli haqida izoh berishlari uchun rasmiy xat yuborishimiz va maʼlum vaqt o‘tgandan keyin maʼlumot berishlarini aytishdi. Biz esa holat yuzasidan rasmiylar izohini kutib qolamiz.

 

Ziyoda Muhammadova,  Oybek Shukurov

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.