Jeff Bezosning yaxtasi tufayli qadimiy ko‘priklardan biri buziladi
Bunga shahar meriyasi ham qarshi emas.

Dunyoning eng boy odamlaridar biri Jeff Bezos Niderlandiya kompaniyalarining biridan o‘zi uchun superyaxta buyurtma qildi.
Kema qurilishiga rekord — 485 million dollar sarflandi. Ammo u ochiq okeanga chiqa olmaydi. Buning uchun yaxtani Rotterdamdagi kanallardan olib o‘tish kerak. Milliarderning buyurtmasi deyarli tayyor bo‘lay deb qolganda, yaxta ko‘priklardan birining ostidan o‘ta olmasligi aniq bo‘ldi.
Koningsxafen ko‘prigi 1878-yilda qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida u bombardirdan zarar ko‘rgan. Аmmo keyinchalik tamirlangan edi. Bezosning yaxtasi ko‘prik ostidan o‘tishi uchun uning markaziy qismi olib qo‘yiladi. Yaxta qurilishini boshqa joyda tugatish qimmatga tushishi inobatga olinsa, bu yagona optimal yechim.
Ko‘prikning buzib, qayta qurilishi Rotterdam munitsipalligiga katta zarar olib keladi. Ammo hukumat shunga ham rozi. Chunki, birinchidan, Bezos meriyaga zararning katta qismini qoplashni vaʼda qildi. Ikkinchidan, Rotterdam Yevropaning eng yaxshi yaxtalar yasaladigan ko‘priklar poytaxti degan nomni saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor. Milliarderning yangi yaxtasi esa mahalliy ustalarga yaxshi reklama bo‘lib xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiradi.
Sharofat Mahmudova







