32 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgan bola 3 kun o‘tgach qutqarildi
5 yoshli bolani qutqarish operatsiyasi televizor orqali jonli efirda namoyish etilgan.

Marokashda qariyb uch kun chuqur quduqda qolib ketgan yosh bolani qutqaruvchilar tomonida o‘radan olib chiqildi, deb xabar beradi Al Jazera.
Bu drama internetda hamdardlik uyg‘otdi, arabcha #SaveRayan xeshtegi Shimoliy Afrika bo‘ylab, shu jumladan qo‘shni Jazoirda ham tarqaldi.
Tez orada voqea joyiga maxsus guruh yetib keldi. Qutqaruv operatsiyasini jonli efir orqali yuz minglab odamlar havotir bilan kuzatishgan.
Maʼlum qilinishicha, 32 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgan besh yoshli Rayan uch kun davomida o‘sha yerda qolgan. Uni olib chiqish uchun guruh tor teshik yonidan gorizontal ravishda boshqa kattasini kavlashiga to‘g‘ri keldi.
Voqea joyiga tibbiy guruh jo‘natilgan va bola qutqarib olingandan so‘ng dastlabki tekshiruvlar va potensial reanimatsiya choralari ko‘rilgan.
Avvalroq Usmoniylar imperiyasiga tegishli to‘p ichida suratga tushmoqchi bo‘lgan erkak unga tiqilib qolgani va keyinchalik qutqarilgani xabar qilingandi.
Nasiba To‘xtayeva







