Alpaka metroda sayr qildi
U hayvonot bog‘i stansiyasida metrodan tushib qolgan.

Janubiy Amerika alpakasi Moskva metrosida sayr qildi. Noodatiy yo‘lovchi atrofdagilarning e’tiborini tezda o‘ziga tortdi, uning videosi ijtimoy tarmoqlarda tarqaldi.
Ammo u yolg‘iz bo‘lmagan. Unga hamrohlik qilayotgan ayol avval uning vagonda aylanishiga ruxsat bergan, keyin esa bog‘lab qo‘ygan.
Yo‘lovchilar Moskva hayvonot bog‘i yaqinidagi stansiyada metrodan tushib qolgan.








