Pokistonning ikkita harbiy lageriga terrorchilar hujum qildi
Qarama-qarshi hujumlarda jami 20 kishi halok bo‘lgan.

Pokistonning janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyatida Pokiston chegara korpusining harbiylashtirilgan tuzilmasining ikkita lageriga qilingan hujumlar natijasida 13 nafar terrorchi yo‘q qilindi va 7 nafar askar halok bo‘ldi. Bundan tashqari yana to‘rt kishi jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari viloyatning Panjgur va Nushki tumanlarida sodir etilgan har ikki hujumni qaytargan.
Hujumlar qaytarilgach, xavfsizlik kuchlari bu hududlarda yashiringan terroristlarni tozalash va qo‘lga olish uchun amaliyot o‘tkazdi.Hozirda ushbu tumanda xavfsizlik kuchlarining operatsiyasi davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston “Tolibon” hokmiyatini tan olishga shoshilmaydi. Bu haqda Pokiston TIV rahbari Shoh Mahmud Qurayshiy maʼlum qilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







