Isroil Ukrainaga qurol sotishga taqiq qo‘ydi
Bundan ko‘zlangan maqsad — Rossiya bilan munosabatlarni sovuqlashtirmaslik.

Botiqbo‘yi davlatlarining Ukrainaga Isroil qurollari yetkazib berishi taqiqilab qo‘yildi.
Bu haqda Breaking Defense portali xabar berdi.
“Kiyevning “Spayk” tankka qarshi raketa tizimlarini sotib olishga harakat qilishi tufayli ushbu taqiq joriy etildi”, – deyilgan xabarda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu tizim Latviya, Litva va Estoniyada mavjud. Ayniqsa, Latviyada Isroilning bu turdagi qurolning ko‘plab variantlari bor
.
Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv 2022-yildayoq Bolitqbo‘yi davlatlariga bu bo‘yicha talab yuborgan. Ushbu taqiq joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad Moskva bilan munosabatlarni sovuqlashtirmaslik ekanligi taʼkidlanmoqda.
Avvalroq AQSH harbiylari Ukrainaga tashlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







