O'zbekiston

Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog’ishi kutilmoqda

Ba’zi joylarda tuman tushib, harorat 7 darajagacha sovuq bo’ladi.

Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog’ishi kutilmoqda

 

O’zgidromet 6-fevral soat 20.00 dan 7-fevral 20.00 gacha bo’lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko’ra, shu kunlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 7-fevral kuni ba’zi joylarda qor-yomg’ir aralash yog‘ingarchilik bo‘ladi.


Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 2–4 daraja iliq, kunduzi 4–6 daraja iliq bo‘ladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.


Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.


Toshkent viloyatining ba'zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.


Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba'zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.


Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.


Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shuningdek, qor ko’chish xavfi bor. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog’ishi kutilmoqda | Zamon.uz