Kecha tunnel ichida, bugun esa bekatda
Toshkent metrosida yana poyezd to‘xtab qoldi.

Bugun, 6-fevral kuni Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘nalishidagi “Mustaqillik” bekatida 2-sonli poyezd harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘xtagan. Mashinist harakat tarkibining texnik moslamalarini qayta ko‘rikdan o‘tkazgani uchun poyezd qatnovi 2 daqiqaga kechikkan.
Qisqa muddatli texnik ko‘rikdan so‘ng poyezd harakatlanishda davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5-fevral kuni metroning “Milliy bog‘” va “Xalqlar do‘stligi” bekati oralig‘ida poyezd to‘xtab qolgandi.








