“Taxtaqoracha” dovoni bugunning o’zida ikkinchi marta yopildi
Bunga kuchli qor yog’ishi va muzlama sabab bo’lgan.

Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqorcha dovoni soat 17:30dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bunga yo‘lning dovon qismida tinimsiz yog'gan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Hozirda yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.








