Farg‘onada “Lacetti” avtomobili ag‘darilib ketdi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 7-fevral kuni Oltiariq tumanida "Lacetti" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomashina yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragan.
YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Avvalroq Toshkentda “Lacetti” va avtobus ishtirokida YTH yuz bergani xabar qilingandi.








