O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi

Taqdimotda Toshkent shahrini yondosh hududga kengaytirish, yangi quriladigan mavzelarni transport xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilish loyihalari bilan tanishdi

 

Bugun, 7-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda Samarqandda yangidan barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasining ichki va tashqi ko‘rinishiga oid chizmalar ko‘rib chiqildi. Loyihaga ko‘ra, majmua devorlari milliy naqshlar, pardozbop toshlar bilan sayqallanadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi. 

 

Urganch shahrida qurilishi rejalashtirilgan Al-Xorazmiy shaharchasining loyihasi taqdimot qilindi. Unga ko’ra, shaharchada universitet, maktab va bog‘cha, IT park, fan va madaniyat markazlari, sport majmuasi barpo etiladi. Markazda allomaning haykali o’rnatiladi.

Shuningdek, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasi yonida ming o‘rinli san’at saroyi bunyod etish ham mo‘ljallangan. U yerda Xorazm lazgisi an’analarini saqlash, o‘rganish va keng yoyish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. 

 

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi yangi uchun o‘quv va davolash binolari, yotoqxona, xizmat uyi qurish, mavjud obyektlarni ta’mirlash va hududni obodonlashtirishga oid loyihalar haqida axborot berildi.


Bundan tashqari, Toshkent viloyatida va poytaxtda amalga oshiriladigan qurilish loyihalari haqida ma’lumot berildi.


Jumladan, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq daryosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi.

 

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasida Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosi bo‘yida ekoturizm ob’yektlari barpo etiladi.

 


Prezident loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.