Afg‘onistonda haqiqiy vaziyat hisobotlarda ko‘rsatilgandan og‘irroq — Zamir Kabulov
Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili AQSHdan afg‘on aktivlarini qaytarib berishni so‘rayapti.

Afg‘onistonda gumanitar vaziyat BMT hisobotlarida qayd etilganidanda og‘ir bo‘lishi mumkin. Bu haqda RF Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘oniston haqida ma’lumotlar yetarli emas.
“O‘ylashimcha, BMT hisobotidagi ma’lumotlar aniq emas. Aslida vaziyat tobora og‘irlashmoqda. Biz bu haqda o‘tgan oylar davomida qayta-qayta gapirgandik”, – degan siyosatchi.
U o‘tgan oyda, xalqaro tashkilotlar hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda 135 bola halok bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ammo diplomatning fikicha, bu ham aniq ma’lumot emas. Kabulov AQSH tomonidan afg‘on aktivlariga ko‘yilgan taqiqning bekor qilinishi gumanitar halokatning oldini olishi mumkinligini ta’kidlagan.
Jahongir Qo'ziyev








