Bayden maslahatchilaridan biri isteʼfoga chiqdi
U xodimlariga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlangan.

Jozef Baydenning fan masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Erik Lender qo‘l ostidagilarga bosim o‘tkazgani uchun laozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Politico xabar berdi.
“Men isteʼfoga chiqaman. Sobiq va hozirgi hamkasblarimga azob berganimdan va ular bilan qilgan muomalamdan chuqur afsusdaman”, – degan u prezident nomiga yozilgan maktubida.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Oq uyning ikki oylik ichki surishtiruvlari Lender doimiy ravishda qo‘l ostidagilarga tazyiq o‘tkazgani va kamsitib kelgani aniqlangan. U rahbarlik qiladigan AQSH fan va texnologiyalar sohasidagi siyosat boshqarmasining 14 xodimi “zararli ish muhiti” yaratilganini maʼlum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Braziliya prezidentiga bosim o‘tkazgani haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







