Farg‘ona vodiysida elektr ta’minoti cheklanadimi?
Energetika vaziligining ma’lum qilishicha, tungi vaqtlarda ta’mirlash ishlari olib boriladi va bu uzilish iste’molchilarga sezilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 9-fevraldan boshlab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tungi soat 00.00 dan ertalab 05.00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Energetika vazirligi ushbu xabarlarga rasmiy izoh berib, vodiy viloyatlarida elektr energiyasi barqaror yetkazilishini ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini yanada oshirish maqsadida 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i hafta davomida ta’mirga chiqarilishi rejalashtirilgan. ushbu ishlar tunda, soat 00:00 dan 04:00 gacha 70 metr balandlikda olib boriladi va bu uzilish iste’molchilarga sezilmaydi.
“Rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari yomg‘irli ob-havo bo‘lganligi sababli 8-9-fevral kunlari amalga oshirilmaydi”, deyilgan rasmiy bayonotda








