Jahon

Kiyevda Zelenskiy bilan Makronning uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ukraina va Fransiya 1,2 mlrd yevrolik shartnomalar imzoladi.

Kiyevda Zelenskiy bilan Makronning uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Ukraina poytaxti Kiyevdagi Mariinskiy saroyida prezident Vladimir Zelenskiy va Fransiya rahbari Emmanuel Makron o‘rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. 

 

"Biz Fransiya prezidenti bilan Ukraina va dunyo uchun xavfsizlik muammolari bo‘yicha umumiy fikrga egamiz. Fransiya mintaqamiz va butun Yevropa Ittifoqi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davlatimizni qo‘llab-quvvatlashda kuchli qadamdir. Fransiya Ukrainaga yordam uchun 1,2 milliard yevro makromoliyaviy mablag‘ ajratadi.”, - dedi Zelenskiy.

 

Prezident Makron Ukraina uchun ko‘p ish qilishini ta’kidladi.

 

“Tinchlik jarayoni bugungi muzokaralarimizning asosiy masalalaridan biri boʻldi. Umid qilamizki, yaqin kelajakda, 2019-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan Parij sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, biz yetakchilarning navbatdagi muzokaralarini oʻtkazishimiz mumkin. Birgina uchrashuv juda muvaffaqiyatli boʻldi, yaqin kunlarda ikkinchi uchrashuv boʻlishini intiqlik bilan kutamiz. 2022-yilda bo‘lgan va Berlindagi bo‘lajak muzokaralar bizni Normandiya sammitiga yaqinlashtiradi”, dedi Zelenskiy.

 

O‘z navbatida, Makron Fransiya va Germaniya “Ukraina mojarosiga chek qo‘yish” bo‘yicha vositachilik harakatlariga sodiq ekanini aytdi. Uning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda davom etadi”.

 

Fransiya prezidenti tafsilotlarga to‘xtalmadi, biroq “hozirda Ukraina chegaralarida ko‘rsatilayotgan bosimdan qat’iy nazar jarayon oldinga siljishi kerak”, dedi.

 

Makron kelgusi oyda tatbiq etilishi uchun ba'zi yangi xavfsizlik mexanizmlari tayyorlanayotganini aytdi.

 

Eslatib o'tamiz, bundan avval Emmanuel Makron Moskvada prezident Vladimr Putin bilan uchrashgan edi.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"