Toshkentda haydovchi bilan YPX xodimi o‘rtasida janjal kelib chiqdi
YHXBB voqeaga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Bugun, 9-fevral kuni Chilonzor tumanining “Bunyodkor shoh” va “Qatortol – 2” ko‘chalari kesishgan chorrahada YPX xodimi bilan haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, xodim chorrahadagi tirbandlikni bartaraf qilish maqsadida ishoralar orqali avtomobillar harakatini tartibga solayotgan vaqtda “Lacetti” haydovchisi uning buyrug‘iga rioya qilmagan. Shuningdek, haydovchi yo‘l o‘rtasida to‘xtab olib, turli xatti-harakatlar bilan xodimning xizmat faoliyatiga xalaqit bergan. Shundan so‘ng ikki taraf o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan.
“Voqea joyiga qo‘shimcha yordamchi xodimlar kelib, holatni rasmiylashtirishgan. Hozirda surishtiruv davom etmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.








