Prezident Samarqandda 10 nafar mansabdorni ishdan bo’shatdi
Ularning ayrimlariga jinoiy ish ochilishi mumkin.

Ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan quyidagi mansabdorlar o‘z vazifasidan ozod etildi:
– Samarqand tumani hokimi;
– Nurobod tumani hokimi;
– Oqdaryo tumani prokurori;
– Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari IIB boshliqlari;
– Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari rahbarlari;
– Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari.
Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.








