O'zbekiston

11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

O‘zbekistondagi xotin-qizlar orasida bugun 6 nafar akademik, 514 nafar fan doktorlari va professorlar faoliyat yuritmoqda.

11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

 

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar" to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan.

 

2021-yilning 23-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlov – Technovation Girls Uzbekistan dasturining yangi mavsumi ochildi.

 

Ayni paytda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 6 nafar akademik, 514 nafar fan doktorlari va professorlar, 4780 nafar fan nomzodlari hamda dotsentlar, minglab yosh tadqiqotchilar, katta ilmiy izlanuvchi xodimalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

TDTUning Elektronika va avtomatika fakultetida 46 yildan beri faoliyat yuritayotgan O‘g‘iloy Qurbonova o‘z loyihalari va ixtirolari bilan ko‘pgina muvaffaqiyatga erishgan.

 

 

"Maktab, akademik litsey va kollejlar uchun fizika kursi bo‘yicha yangi turdagi o‘quv - laboratoriya qurilmalar turkumini yaratish va ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ixtirolarni amalga oshirganman. Olima ayollar 100 taligida loyiham bilan qatnashdim va bu ixtiro moliyalashtirildi".

 

Yaqinda  Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi. 

 

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 100 nafardan ixtirochi ayollarini aniqlab, ular bilan istiqbolda manzilli va maqsadli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni | Zamon.uz