O'zbekiston

Edvard Rtveladzening xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi – Shavkat Mirziyoyev

Prezident akademikning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Edvard Rtveladzening xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi – Shavkat Mirziyoyev

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov va Fanlar akademiyasi raisi Behzod Yo‘ldoshev marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi: 

 

“Tarix, arxeologiya va san’atshunoslik sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar  akademiyasining akademigi Edvard Vasilevich Rtveladze 79 yoshida vafot etdi.

 

E.Rtveladze 1942 yil 14 mayda Gruziya Respublikasining Borjomi shahrida tug‘ildi. 1967 yili Toshkent davlat universitetini tugatib, San’atshunoslik institutida laborant lavozimida mehnat faoliyatini boshladi. 1975 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

 

Iste’dodli olim o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy faoliyati davomida San’atshunoslik institutining kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati ilmiy kengashining raisi lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimizda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

 

Zahmatkash olimning O‘rta Osiyoning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatika va epigrafikasi, san’ati va madaniyati tarixiga bag‘ishlangan yuzlab maqola va tadqiqotlari, monografiya va risolalari yurtimiz hamda dunyo olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.  

 

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan fidoyi olimning bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan. 

 

E.V.Rtveladze mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib bordi.

 

Akademik E.Rtveladzening mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlariga sazovor bo‘lgan edi.

 

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin va samimiy inson Edvard Rtveladzening xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Edvard Rtveladzening xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz