Pentagon NATOga yordam qo'lini cho'zmoqda
Alyans ittifoqchilariga ko'mak uchun harbiylar joylashtirilmoqda.

Pentagon NATO ittifoqchilariga yordam berish uchun Polshaga havo-desant diviziyasi bo‘linmalarini joylashtirishni yakunladi.
Hafta boshidan beri kamida 17 ta Amerika harbiy transport samolyoti Ukrainaning Lvov viloyatidan 90 km uzoqlikda joylashgan Rzeshov shahri aeroportiga uchib keldi, ularning har biri yuzdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilarni yetkazib bergan.
Pentagon xabariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi ham Germaniya va Ruminiyaga vaqtincha qo‘shimcha kuchlarni kiritmoqda.
Ittifoqchilar xavfsizligini mustahkamlash chora-tadbirlari doirasida Yevropaga 3000 ga yaqin amerikalik harbiylar joylashtirilgan. Bundan tashqari, Pentagon 8500 nafar harbiy xizmatchini Yevropaga jo‘natish uchun tayyor holatda ushlab turadi.
Avvalroq G'arb Rossiya tufayli ikkiga bo'linayotgani xabar qilingan edi.








