O'zbekiston

Kutilmagan tayinlov: Vazir viloyat IIBga boshliq bo‘ldi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Kutilmagan tayinlov: Vazir viloyat IIBga boshliq bo‘ldi

 

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Shavkat Rahmonov boshqa ishga o‘tgani sababli viloyat IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

 

Maʼlumot uchun: Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. Mamatov Qarshi davlat pedagogika instituti hamda IIV akademiyasini tamomlagan.

U Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimlarida ishlagan.

U 2020 yil 18 fevraldan beri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kutilmagan tayinlov: Vazir viloyat IIBga boshliq bo‘ldi | Zamon.uz