O'zbekiston

Muborak tuman IIB boshlig‘i qamoqqa olindi

U 50 ming dollar pora olgan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari bilan sheriklikda gumonlanmoqda.

Muborak tuman IIB boshlig‘i qamoqqa olindi


Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan joriy yilning 6 fevralida Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari U.Yaxshiyev tadbirkordan yer ajratib berish evaziga 80 ming AQSH dollari pora talab qilib, shundan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan edi. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi qamoqqa olingandi.

 

Qashqadaryo vilyaoti prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan surishtiruv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

 

"Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda ichki ishlar organlari kadrlar zahirasidagi xodim – Umid Yaxshiyev pora olish jinoyatini tanishi Muborak tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X.Bahriyev bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlangan.

 

Dastlabki tergov organi tomonidan Muborak tuman IIB boshlig‘i X.Bahriyevning sodir etilgan jinoyatga bevosita daxldorligini isbotlovchi yetarli dalillar to‘plangani sabab u kecha, 11 fevral kuni jinoyat ishida gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, shu kuni Jinoyat prosesual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Bundan tashqari, viloyat prokurorining farmoyishiga muvofiq prokuratura va ichki ishlar idoralarining jinoyatchilikning oldini olish va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatini barcha tuman-shaharlarda o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

 

Ishchi guruh tomonidan 2022 yilning 7-10 fevral kunlari Muborak tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limining bu boradagi faoliyati hujjatlarni tahlil qilish orqali o‘rganilgan.

 

O‘rganishlar davomida, tuman IIBning tergovga qadar tekshirish, dastlabki tergov va jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha faoliyatida bir qator kamchiliklar, xususan, o‘g‘irlik, bezorilik, talonchilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari aniqlangan.

 

Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganida bunga dahldor bo‘lgan shaxslardan tushuntirish olish, qonunda nazarda tutilgan tartibda dalillarni to‘plash surishtiruv va tergov organlarining ham vakolati ham majburiyati hisoblanadi.

 

Shu sababli, ishchi guruh a’zolari tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida jinoyatdan jabrlangan fuqarolar va mazkur xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini o‘tkazgan IIB xodimlaridan tushuntirishlar olingan.

 

Jinoyatlarni yashirishga bevosida dahldorligi aniqlangan shaxslar esa jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali aholini chalg‘itishga harakat qilishgan. 

 

Hozirda, viloyat prokuraturasi tomonidan hisobdan yashirilgan 3 ta o‘g‘rilik, 3 ta bezorilik, 1 ta talonchilik va 1 ta firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

 

Viloyat prokurori hamda viloyat IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, holat yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlandi”, deyiladi xabarda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Muborak tuman IIB boshlig‘i qamoqqa olindi | Zamon.uz