Germaniya prezident sayloviga tayyorlanmoqda
Ushbu lavozimga astrofizik, iqdisodchi va shifokor nomzodi taklif qilinmoqda.

Germaniya Federal assambleyasi mamlakatning yangi prezidentini saylash uchun yig‘iladi, ushbu lavozimini hozirda sobiq tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer egallab turibdi.
Qayd etilishicha, yig'ilishda sobiq kansler Angela Merkel ishtirok etishi kutilmoqda. Agar u kelsa, bu uning kanslerlik muddati tugaganidan keyin birinchi ommaviy tadbiri bo'ladi.
Federal shtatlar, shuningdek, boshqa mashhur shaxslarni Federal Majlisga yubordilar. Ular orasida kosmonavt Aleksandr Gerst, virusolog Kristian Drosten, milliy terma jamoa futbolchilari, xonanda va aktrisalar bo'lishi kutilmoqda.
Shtaynmayerdan tashqari yana uchta nomzod bor. Mayntslik shifokor Gerxard Trabert "Chap" tomonidan, Germaniya uchun o'ng qanot alternativi tomonidan iqtisodchi, professor Maks Otte taklif qilingan. Erkin saylovchilar partiyasi tomonidan taklif qilingan yagona ayol nomzod, astrofizik Stefani Gebauerdir.








