O'zbekiston

Hafta boshida respublika bo’ylab qor yog’ishi kutilmoqda

Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli shamol esib, chang-to’zon ko’tarilishi mumkin.

Hafta boshida respublika bo’ylab qor yog’ishi kutilmoqda

 

O’zgidromet 13-fevral kuni soat 20.00 dan 14-fevral 20.00 gacha bo’lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. 

 

Unga ko’ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (qor, yomg’ir) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba‘zi joylarida qor yog’adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog’istonda 25-28 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq,  3 daraja iliq; Ustyurtda kechasi  va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba‘zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg’ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Navoiy viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 1–6 daraja iliq; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba‘zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg’ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba‘zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg’ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Surxondaryo viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba‘zi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ba‘zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg’ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Farg‘ona viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo’ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hafta boshida respublika bo’ylab qor yog’ishi kutilmoqda | Zamon.uz