Qoraqalpog’istonda pora evazida “prava” olib beruvchilar qo’lga olindi
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo’zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman bo‘limi hamda IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Avtomaktab”ning Xo‘jayli tumani kengashi o‘rgatuvchi ustasi va yana bir fuqaro haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1,9 million so’m pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Nukus shahar bo‘limi, DXX hamda IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir fuqaro go’yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo’lga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








