Prezident “Uzavtosanoat” rahbariga topshiriq berdi
1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlar to‘liq bartaraf etiladi.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda prezident sohaga mas’ul “O‘zavtosanoat” AJ raisi Sh.Umurzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va aholimizning talabini to‘liq qondirish bo‘yicha tinimsiz ishlashi shartligini ko‘rsatib o‘tgan.
1-mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish, "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Sh.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yo‘lga qo‘yib, sun’iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
Yig‘ilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta’kidlandi.








