Zelenskiy diplomatlarning evakuatsiya qilinishini katta xato deb atadi
AQSh elchixonasi diplomatik xodimlari Lvovga ishlash uchun ko'chib o'tmoqda.

Prezident Vladimir Zelenskiy ayrim xorijiy elchixonalarning evakuatsiya qilinishini katta xato deb atadi. Bu haqda u Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Ba’zi elchixonalar g‘arbiy Ukrainaga ko‘chib o‘tishlari katta xato, chunki g‘arbiy Ukraina yo‘q, Ukraina bu butun davlatdir. Shuning uchun, agar Xudo ko‘rsatmasin, biror narsa bo‘lsa, hamma joyda bo‘ladi", - dedi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, evakuatsiya to‘lqinidan keyin Ukrainada qolgan AQSH elchixonasi diplomatik xodimlari Lvovga ishlash uchun ko‘chib o‘tish arafasida. Bu qaror zudlik bilan qabul qilindi, harakat davom etmoqda.








