Oq uy qoidalariga ochiqchasiga beparvo qaragan Tramp
U rafiqasi tanish raqamga javob bermasa, notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilgan.

AQSH Kongressi vakillar palatasining maxsus qo‘mitasi Kapitoliydagi tartibsizliklar bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda. Qo‘mitaning aniqlashicha, o‘sha paytda prezident bo‘lgan Donald Tramp Oq uyning telefon qo‘ng‘iroqlari bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga beparvo qaragan.
Prezidntning bir nechta telefoni bo‘lmaganiga qaramay, u atrofidagilarning gadjetlaridan ham foydalangan. Shuning uchun tergovchilar Kapitoliydagi voqealar paytida prezident birinchi bo‘lib kimga qo‘ng‘iroq qilganini aniqlay olishmadi.
Tramp adminstratsiyasining sobiq xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, prezident telefoni tinglanayotganidan doimiy xavotirda bo‘lgan va rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilish uchun agentlaridan birortasining telefonini so‘rab turgan. Ayniqsa birinchi xonimning kayfiyati bo‘lmay, Trampga javob bermaganida.
Bundan tashqari, Tramp shunchaki telefonda suhbatlashishni yoqtirgan, shu sababli bir necha yig‘ilishlarni bo‘lgan ham.
Manbalar oldin xavfsizlik qoidalari hech qachon bunchalik buzilmaganini aytadi. Masalan Barak Obama davrida prezidentning barcha suhbatlari maxsus jurnalda qayd etilgan, qo‘ng‘iroqlar esa prezident rezidensiyasi kommutatori yoki aloqa operatori orqali amalga oshirilgan.
"Pegasus" dasturi atrofidagi mojarodan so‘ng hatto AQSH prezidentlarining telefoni ham xavfdan 100% himoyalanmagani oydinlashdi.








