1-sinf o‘quvchilariga ta’til berilmaydigan bo‘ldi
Bu bo‘yicha XTV rasmiy ma’lumot e'lon qildi.

Maktab o‘quvchilari orasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishini oldini olish maqsadida qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilmasligi ma’lum qilingan.
Avvalroq O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida 641 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilingani xabar qilingandi.








