O'zbekiston

Bojxona xodimlarining farzandlari uchun OTMlarga kirishda alohida kvota ajratiladi

Shuningdek, bojxona xodimi “kontrabanda” aniqlasa, unga mukofot beriladi.

Bojxona xodimlarining farzandlari uchun OTMlarga kirishda alohida kvota ajratiladi

 

Bugun, 17-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bojxona tizimini yanada isloh qilish va korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.


Unda bojxona tizimini rivojlantirish, birinchi navbatda postlardagi sharoitlarni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

 

– Bojxona postlari davlatimiz yuzi, birinchi taassurot shu yerdan boshlanadi. Ular obod, aholi va tadbirkorlar uchun qulay bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari bojxona tizimini korrupsiyadan xoli qilish eng ustuvor vazifa ekanini, bu soha boshqa davlat idoralariga namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

 

Buning uchun zamonaviy komplayens tizimi joriy etiladi. Joriy yil 1 maydan boshlab, yuk deklarasiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi. 1 iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona ko‘rigini o‘tkazish, imtiyozli deklarasiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi. 1 sentyabrdan boshlab, barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali ko‘rsatiladi. Yil yakuniga qadar bojxona ko‘rigi jarayonlarini to‘liq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.

 

Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga bojxona xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga olish, rotasiya qilish, daromadi va mol-mulkini deklarasiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Korrupsiyaning oldini olish uchun xodimlarning moddiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasiga ham alohida e’tibor zarur. Shu bois, endi bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Olis va sharoiti og‘ir postlarda ishlayotganlar ham moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Bojxona xodimi kontrabanda yoki boshqa qonunbuzarlikni aniqlasa, unga mukofot beriladi. Maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.

 

Xodimlarning ijtimoiy himoyasiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi hamda imtiyozli ipoteka krediti beriladi. Bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy o‘quv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.

 

Prezidentimiz sohaga ayol xodimlarni jalb qilish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Yig‘ilishda kontrabandaga qarshi kurashish natijalari ham tahlil qilindi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 364 kilogramm giyohvandlik vositalari, 88 ming dona psixotrop dorilar hamda 181 milliard so‘mlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

 

Bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun bojxona postlarini 3D-skaner, rentgen, videokuzatuv, server, transport tarozisi kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash vazifasi qo‘yildi.

 

Bu yil Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Termiz xalqaro aeroportlarida, kelgusi yildan boshqa aeroportlarda ham “bojxonachisiz nazorat” tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Bojxona tizimida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Buning uchun Bojxona institutini tubdan transformasiya qilib, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, metrologiya va standartlar, nazorat uskunalarini boshqarishni puxta o‘rgatish zarurligi ta’kidlandi. Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish, ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganib, tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bojxona xodimlarining farzandlari uchun OTMlarga kirishda alohida kvota ajratiladi | Zamon.uz