Rossiya AQShning taklifiga uzoq kutilgan javob xatini yuboradi
Sergey Lovrov: "Jamoatchilik haqiqatni bilishi uchun xat mazmunini e'lon qilish zarur".

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Vashingtonning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflariga javob berishini aytdi. Maktub amerikaliklarga elektron va qog‘oz ko‘rinishda yuboriladi, shuningdek, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinadi.
"Amerika maktubi tahlilini yakunlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin kelajakda vaziyat qanday rivojlanishini bilib olasiz. Bugun Amerika tomoniga ushbu xatni jo'natamiz", - dedi Lavrov.
TIV rahbarining so'zlariga ko'ra, keng jamoatchilik va jamiyatlarining manfaatdor aʼzolari nima boʻlayotgani, har bir tomon qaysi pozitsiyani qoʻllab-quvvatlayotgani haqida tasavvurga ega boʻlishi zarur.
Аgar bu sir saqlansa, jamoatchilik fikri Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi chegarada sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlashda axborot maydonlarini to‘ldirib borayotgan yolg‘on, ochiq-oydin tashviqot bilan yopiladi.
Shu bilan birga, Lavrov xavfsizlik kafolatlari boʻyicha Rossiya talablari xalqaro shartnomalar asosida shakllantirilganini taʼkidladi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Qo'shma Shtatlar razvedkasi Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasidan olib chiqib ketilganini tasdiqlay olmasligini aytgan edi.








