Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Bu yilgi bayram «Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida keng nishonlanadi.

Qarorga ko‘ra, Fuqarolarga bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, "temir daftar", "ayollar daftari", "yoshlar daftari" va "mehr daftari"ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, qarorda barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.








