Germaniyada xalqaro xavfsizlik bo‘yicha konferensiya ochildi
Unda Rossiya delegatsiyasi aʼzolari yo‘q.

18-fevral kuni Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiya ochildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Bu konferensiya tarixidagi 58 forum. O‘tgan yili koronavirus cheklovlari tufayli u onlayn shaklda o‘tkazilgan edi. Bu yil esa Germaniyaga 600 ga yaqin delegatlar tashrif buyuradi.
Rossiya 1999-yildan buyon ilk marta Myunxen konferensiyada ishtirok etmaydi. Avvalroq RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva vakillari turli sabablarga ko‘ra, unda ishtirok eta olmasligini maʼlum qilgandi.
Myunxen konferensiyasi rahbari Volfgang Ishingerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ko‘plab siyosatchilari emlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar va har kungi PSR-test topshirish tartibi tufayli tadbirda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishi to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







